French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat fuqarolik xizmatchisi BHMning 5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi sovg‘a olishi mumkin
14:50 / 2022-11-08

Davlat fuqarolik xizmatining barcha siyosiy guruhi, daraja va lavozimdagi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun – BHMning 5 baravaridan (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) ko‘p bo‘lmagan miqdorida sovg‘a olishiga ruxsat beriladi. Shuningdek, taqdim etilgan sovg‘a mehmon (mezbon) tomonning ramzlari va (yoki) logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alar qiymati uchun miqdor belgilanmaydi va bunday sovg‘alar baholanmaydi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risida”gi hujjat loyihasida aks etdi.  

Nizom davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibini belgilaydi.  

Qayd etilishicha, taqdim etilgan sovg‘a miqdori belgilangan miqdordan oshgan taqdirda, hadyaning oshgan qismi davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan davlat tashkilotiga to‘lash orqali tasarruf etishi mumkin.  

Shu bilan birga, sovg‘ani qabul qilish yoki taqdim etish natijasida biror bir tarafning shaxsiy manfaatdorligini, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib chiqishiga olib kelmasligi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatida xolis qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi lozim.  

 

O‘zA