Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali
15:00 / 2020-11-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakant lavozimlarni munosib va iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish, davlat xizmatchilari faoliyatini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimi kabi bir qator yo‘nalishlarda yangiliklarni amaliyotga joriy etmoqda.

Agentlikda raqamli texnologiyalarni davlat xizmatiga jalb etish bo‘yicha “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz/) yaratildi.

– Hozirda shu portal orqali ko‘plab ochiq mustaqil tanlovlar o‘tkazilmoqda, –deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori Davron Abdurashidov. – 38 ta tashkilotda tajriba tariqasida, 3 ta vazirlik hamda 31 ta tuman (shahar) hokimliklarida 221 ta vakansiya bo‘yicha 995 nafar nomzodlarning hujjatlari qabul qilinib, tanlovning keyingi bosqichlari o‘tmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan mavjud vakansiyalarga portal orqali tanlov o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda yurtimizdagi 204 ta tuman va shahar hokimliklari xodimlari tarkibining son va sifat tahlili amalga oshirildi. Bunda ish o‘rinlarining 96,7 foizi to‘ldirilgan bo‘lib, ularda 175 ta vakant lavozim mavjud. Jamlangan xodimlarning 1 785 nafari ya’ni 34,5 foizi rahbar lavozimidagi xodimlar,

Agentlikda davlat organi va tashkilotlarining kadrlar bo‘linmalari xodimlariga oid yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirilmoqda. Shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash yo‘nalishida ham ishlar davom ettirilmoqda.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi joriy yilning 1 aprelidan boshlab, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani va Yangiyo‘l shahrida, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida, Xorazm viloyatining Urganch shahri, Hazorasp, Yangibozor va Yangiariq tumanlarida, 1 iyundan Andijon viloyatining Bo‘ston tumani va Xonobod shahrida, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri va Quva tumanida hokim va uning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash tizimini eksperiment tartibida yo‘lga qo‘ydi.

Baholash tizimini unifikatsiyalashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari samaradorligining yagona o‘lchovlarini yaratish maqsadida “namunali”, “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “past darajada”, “qoniqarsiz” kabi baho turlari belgilanmoqda.

Xususan, Urganch shahrida daromad solig‘i to‘lovchi fuqarolar soni 2 145 nafarga oshirilishi belgilangan bo‘lib, biroq ko‘rsatkich ko‘payish o‘rniga yil boshiga nisbatan 8 260 taga kamaygan. Xuddi shunday, Yangiyo‘l, Bo‘ston, Yangiariq, Yangibozor, Hazorasp tumanlari va Qo‘qon, Xonobod, Yangiyo‘l shaharlarida ham daromad solig‘i to‘lovchi fuqarolar soni yil boshiga nisbatan kamaygan.

Misol uchun,  2020 yil 1 yanvar holatiga daromad solig‘i to‘lovchilar 4 702 440 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, pandemiya sharoitida mazkur raqam 4 282 900 ga tushib, daromad solig‘i to‘lovchilar soni 419 540 taga kamaygan. Xususan, eksperiment 1 apreldan joriy etilgan Yashnobod tumani, Yangiyo‘l shahri va Yangibozor tumanida yarim yillik yakunlariga ko‘ra aksariyat ko‘rsatkichlar yaxshilangan. Biroq 1 iyundan baholash tizimi joriy etilgan Qo‘qon shahri va Quva tumanida ko‘rsatkichlar talab darajasida emasligi aniqlandi.

Kelgusida barcha jarayonlar yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi, bu esa o‘z navbatida baholashning xolis amalga oshirilishi va inson omilining kamaytirishga xizmat qiladi.

 

O‘zA