Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ekologik ekspertizasi markazi o‘tgan yilda qanday amaliy ishlarni bajardi?
13:55 / 2026-02-05

So‘nggi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu yo‘nalishda Davlat ekologik ekspertizasi markazi oldiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan.

Davlat ekologik ekspertizasi markazi matbuot xizmati rahbari Shahzoda Akramovaga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda raqamlashtirish yo‘nalishida qator muhim ishlar amalga oshirildi. Yil davomida korxona va tashkilotlarga 49 ming  620 ta davlat ekologik ekspertizasi xulosasi taqdim etildi. Bu rejaga nisbatan 155 foiz bajarilganini anglatadi. Bunday natija markaz faoliyatining samarali tashkil etilganidan dalolat beradi.

Shuningdek, atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha 1 ming  614 ta jamoatchilik eshituvi o‘tkazilib, aholi fikri inobatga olindi. Bu jarayon ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qildi.

– Bundan tashqari Eco-service.uz dasturi “Shaffof qurilish” hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi elektron tizimlari bilan integratsiya qilindi, – deydi Shahzoda Akramova. – Tuman va shahar ekologiya bo‘linmalari uchun shaxsiy kabinetlar orqali barcha ekspertiza xulosalarini elektron shaklda yuborish yo‘lga qo‘yildi. Shu orqali 49 ming  620 ta xulosa hududlarga tezkor yetkazildi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga sms-xabarnomalar yuborish tizimi ishga tushirilib, 9 ming  352 ta korxonaga 20  ming 500 ta ogohlantirish xabari yetkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida ham salmoqli kelishuvlarga erishilgan. Xususan, Koreya Respublikasi va Belarus bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Jumladan, 11 nafar xodim Koreyada o‘quv seminarlarida qatnashdi. Shuningdek, 10 mln. dollarlik xalqaro loyiha konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Yil davomida 100 nafarga yaqin xodim korrupsiyaga qarshi o‘quv kurslarini yakunladi,  25 nafar xodim raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha malakasini oshirdi, turli sohaviy seminar va treninglar o‘tkazildi.

E’tirofli jihati shundaki,  Markaz ISO 37001 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritib, korrupsiyaga qarshi tizimda yuqori natijaga erishdi. “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida 1-o‘rinni egalladi, Belarusdagi xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi.  “Eko bog‘” tashkil etilib, 500 ta daraxt ko‘chati ekilishiga hissa qo‘shildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA