Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat Dumasi to‘rt viloyatning Rossiya tarkibiga kirishini tasdiqladi
17:00 / 2022-10-03

Davlat dumasi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilinishini ma’qulladi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi, dedi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin. Bu haqdagi bayonotni “Rossiya 24” telekanali tarqatdi.

Duma yig‘ilishida 450 deputatdan 411 nafari ishtirok etdi.

“Yagona Rossiya”ning aniqlik kiritishicha, shartnomalar ratifikatsiya qilingach, mazkur to‘rt hududda doimiy yashovchi shaxslarga Rossiya fuqaroligi beriladi”.