Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamenti Myanmada Favqulodda holat rejimi uzaytirilganini qoraladi
12:18 / 2023-02-02

Qo‘shma Shtatlar Myanma harbiy rahbariyatini mamlakatda favqulodda holat rejimini yarim yilga uzaytirish haqidagi qarorini qoralaydi. Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Praysning chorshanba kuni e’lon qilingan yozma bayonotida shu haqda aytiladi. "Qo‘shma Shtatlar Myanma harbiy rahbariyatining mamlakatda Favqulodda holat rejimini uzaytirish qaroriga qarshi, chunki bu qaror harbiy boshqaruvning noqonuniyligini uzaytiradi va mamlakat uchun zararli", – deya ta’kidlanadi Praysning bayonotida.

Bayonotda keltirilishicha, AQSH ittifoqchi va hamkorlari bilan Myanmadagi demokratik kuchlarning mamlakatda haqiqiy va inklyuziv demokratiyani o‘rnatishga yo‘naltirilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi".

2021 yil 1 fevralda Myanmada armiya fuqarolik hukumatni 2020 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi natijalarini Milliy liga foydasiga qalbakilashtirganlikda ayblab, mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan.