French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamenti Gruziyani ogohlantirdi
13:38 / 2023-05-23

AQSH ma’muriyati Gruziya hukumatini va xususiy sektorni Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklagani uchun Amerika tomonining sanksiyasiga tushib qolishi bilan ogohlantirdi.

“Rossiya samolyotlarining Gruziyaga uchishi haqida aytadigan bo‘lsak, ko‘plab G‘arb mamlakatlari, jumladan, AQSH ham Rossiyaning samolyotlarini o‘z havo kengliklariga kirishini taqiqlaydi. Biz Rossiya bilan Gruziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri samolyot qatnovlari yo‘lga qo‘yilganidan tashvishdamiz. Bu, kompaniyalar, Gruziya aeroportlari G‘arb sanksiyasiga tushib qolishi mumkin, deganidir”, – deb bayonot berdi jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda Davlat departamenti  matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller.

“Hozir Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirish vaqti emas”, – deya ta’kidladi AQSH tashqi siyosat idorasi vakili.

Amerika Gruziya kompaniyalariga nisbatan sanksiya qo‘llashi mumkinligi haqida ilk bor may oyida Davlat departamenti matbuot xizmati rahbarining o‘rinbosari Vedant Patel aytib o‘tgan edi.