Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamenti Germaniyaga 2,9 milliard dollarlik raketa sotadi
14:12 / 2023-07-20

AQSH Davlat departamenti Germaniyaga qiymati 2,9 milliard dollarga baholangan “AMRAAM” “havo-havo” toifali raketa hamda shunday qurolga ishlatiladigan jihozlar sotish bo‘yicha taklifni ma’qulladi.

Pentagonning Xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha agentligi xabarida ta’kidlanishicha, Germaniya hukumati AQSHdan 969 dona raketa hamda zarur o‘q-dori xarid qilish istagini bildirgan. Mazkur buyurtmaning bosh pudratchisi sifatida “Raytheon” kompaniyasi e’lon qilindi.

AQSH hukumati ushbu kelishuv haqida allaqachon Kongressni xabardor qilgan. Qonun chiqaruvchi idoraga hujjatni o‘rganish va tegishli qaror chiqarish uchun 30 kun muhlat beriladi.