French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamenti: Blinken va Lavrov Dehlida uchrashmadi
09:40 / 2023-09-12

AQSH va Rossiya delegatsiyalari yetakchilari va a’zolari Hindistonda o‘tgan G20 sammitida hech qanday ikki tomonlama muloqotga kirishmagan>. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller ma’lum qildi.

“Davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida Dehlida muzokara o‘tkazilmagan. Yo‘laklarda “salomlashishgan” va “xayrlashishgan” bo‘lishi mumkin, deya olaman, xolos, bevosita muloqot bo‘lmagan”, dedi u.

AQSH G20 sammitini guruh mamlakatlari bilan hamjihatlikni ta’minlashda juda muhim voqea, deb biladi, ta’kidladi Miller.

Uning so‘zlariga ko‘ra, anjumanda XXR Raisi Si Szinpin qatnashmaganiga qaramay, yig‘ilish samarali o‘tgan.