Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamenti AQSH elchixonasining Lvov shahriga ko‘chirilishiga izoh berdi
12:43 / 2022-02-15

AQSH elchixonasini Kiyevdan Lvovga ko‘chirish qarori Amerika diplomatlariga nisbatan qandaydir tahdidlar borligi bilan bog‘liq emas, balki yuzaga kelgan umumiy xavfli vaziyat shuni taqozo etmoqda, deb bayonot berdi AQSH davlat departamenti vakili Ned Prays jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifingda.

Davlat kotibi Entoni Blinken dushanba kuni  AQSH elchixonasini vaqtinchalik Kiyevdan Lvovga ko‘chiradi, deb e’lon qilgandi. Bundan avvalroq esa Vashington diplomatlarining bir qismiga Ukrainani tark etishiga ruxsat berib, AQSH fuqarolarini ham Ukrainadan chiqib ketishga chaqirgan edi.

“Vashington xavfsizlik sohasida ustuvorlikni belgilashda o‘zi qaror qabul qiladi. “Bu bizning qarorimiz",  dedi Prays va elchixonaning ko‘chirilishi Ukrainaning yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortilayotganini anglatmasligini ma’lum qildi. "Aksincha",  dedi Prays AQSHning tanglikni yumshatish uchun diplomatik sa’y-harakatlari bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganiga urg‘u berib.

Ned Praysning bildirishicha, vaziyat yumshagandan keyin AQSH elchixonasi Lvovdan Kiyevga qaytariladi.

Praysning izoh berishicha, Lvov faqat jug‘rofiy nuqtai-nazardan tanlangan. "Lvov Ukrainaning boshqa shaharlariga qaraganda ko‘proq himoyalangan", dedi davlat departamenti vakili.