Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamenti 50 kunlik muddatga baho berdi
19:02 / 2025-07-18

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukraina mojarosida 50 kunga qolmay sulhga erishilishi to‘g‘risida da’vo qilishga tayyor emas.

- Nima bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ayta olmayman, - dedi u jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda. - Faqat yaxshi xabar shuki, dunyo Prezident Tramp, Davlat kotibi va Amerika hukumatining xarakteri, pozitsiyasi va qadriyatini biladi va biz bu ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilinishiga sodiq qolamiz.

Qo‘shimcha qilinishicha, NATO rahbariyati Ukraina uchun zarur mudofaani ta’minlash niyatida.

Avvalroq Tramp “Rossiyadan juda norozi”ligi, 50 kun ichida kelishuvga erishilmasa, “juda keskin tarif” joriy etishi, vaziyatni o‘nglashga erishilmasa, “ikkilamchi boj” stavkasi “taxminan 100 foiz” bo‘lishini aytgan. Shu bilan birga, “bunday bo‘lmasligiga” umid bildirgan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levit ham Amerika yetakchisi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini ta’kidlagan:

- Rossiyaga nisbatan boj joriy etish niyatida bo‘lsa-da, Prezident Ukraina bilan urushni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatishga chaqirmoqda.

S.Rahimov, O‘zA