O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida Davlat dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Ravshan Fozilov, Sevara Ubaydullayeva “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili“ Davlat dasturida belgilangan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.


Muloqot davomida qayd etilganidek, 2025 yilgi Davlat dasturida ekologiyani asrash borasida qator maqsad-vazifalar o‘z aksini topgan. Jumladan, joriy yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Tadbir so‘ngida bir guruh tadbirkorlar va boshqa ishtirokchilar partiya safiga qabul qilindi.
M.Komilova, O‘zA