Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturidagi vazifalar muhokama etildi
20:05 / 2026-02-28

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kasbiy ta’lim agentligi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mutasaddilari so‘zga chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan galdagi vazifalarga to‘xtaldi.

Seminar davomida kasbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda texnikumlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, ochiq muloqot va amaliy takliflar berish orqali rahbarlarning strategik fikrlash va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish yo‘lidagi bunday amaliy chora-tadbirlar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi aytildi.

Seminar-treningning ikkinchi qismi sho‘’balar kesimida davom etdi. Ishtirokchilar kasbiy ta’lim tizimida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda belgilangan ustuvor vazifalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

[gallery-27918]

Sho‘’balar doirasida hududiy texnikumlar faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Ochiq muloqot va tajriba almashish muhitida o‘tgan muhokamalar rahbarlarning strategik fikrlashini rivojlantirish, boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda qaror qabul qilish jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qiladi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA