Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturida xotin-qizlarga oid qanday vazifalar ko‘zda tutilmoqda? (+video)
09:56 / 2024-02-04

Ayni kunlarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. Davlat dasturi loyihasida beshta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘z aksini topgan.

Jumladan, loyihada xotin-qizlar masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilib, bu borada bir qator maqsad-vazifalar ko‘zda tutilgan.  

— Besh yo‘nalish, 100 ta maqsadni o‘z ichiga olgan Davlat dasturi loyihasi xalqimiz fikrini olish maqsadida keng muhokamadan o‘tkazilmoqda, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Mamajonova. — Davlat dasturining 25-maqsadida xotin-qizlarga oid belgilangan vazifalar e’tiborimni tortdi. Xotin-qizlarning oiladagi o‘rni, ijtimoiy himoyasi hujjat loyihasida o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, xorijdagi xotin-qizlarimizning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, qiyin ahvolda qolganlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘rin olganini ko‘rishimiz mumkin.  

Bundan tashqari, tadbirkor ayollarimizga yanada keng imkoniyatlar yaratish, hatto ularning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini sotishgacha yordam berish masalalari Davlat dasturi loyihasida belgilab berilmoqda.  

Xotin-qizlarimizning salomatligini asrash borasida ham qator maqsad-vazifalar o‘z ifodasini topgan. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazadigan 2 mingdan ortiq ayollarimizni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish, 10 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga ortopedik vositalarni yetkazib berish masalalari belgilangani e’tiborga molik.  

Yana bir e’tiborli jihati xotin-qizlarimizga oid 6 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilganidir.  

Muhtarama Komilova,

Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA