Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi: natijadorlik va mas’uliyat mezoni
16:47 / 2026-02-18

Munosabat

Mamlakatimiz taraqqiyoti yangi bosqichga qadam qo‘yar ekan, islohotlarning samarasi endi ularning qabul qilinishi bilan emas, balki amaldagi natijasi bilan baholanmoqda. 

2026-yil uchun qabul qilingan Davlat dasturi ana shu tamoyilga asoslangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, u strategik maqsadlarni aniq amaliy mexanizmlar bilan uyg‘unlashtirgan muhim siyosiy-huquqiy hujjatdir. 

Mazkur dastur “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil davom ettirib, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga, uning samarasini aholi farovonligiga yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Unda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoatni diversifikatsiyalash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiya muhitini yaxshilash kabi vazifalar belgilangan. 

Iqtisodiy islohotlar yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va ichki bozor barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va innovatsion o‘sish modelini shakllantirish mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi. 

Dasturda mahallalarni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki islohotlarning haqiqiy samarasi joylarda, aholi hayotida namoyon bo‘ladi. Infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish, bularning barchasi mahalla kesimida amalga oshiriladi. Bu esa mahalliy kengashlar va deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuningdek, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar jamiyatda adolat muhitini mustahkamlashga qaratilgan. 

Deputat sifatida qayd etmoqchimanki, 2026-yilgi Davlat dasturi bu Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi izchil va mas’uliyatli qadamdir. Uning muvaffaqiyati ijro intizomi, parlament nazorati va jamoatchilik ishtirokining samaradorligiga bog‘liq. 

Mazkur dastur strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat va fuqarolar farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, islohotlar inson manfaatini ustuvor qo‘ygan taraqqiyot modeli asosida amalga oshirilayotganidir.

 Guljan Xalmuratova, 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi, Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi. O‘zA