Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda
12:32 / 2024-02-10

"Yuksalish" umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hududlarda Prezidentimizning "O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazmoqda.

Termiz muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib o‘tgan jamoatchilik muhokamasida oliy ta’lim muassasasi rektori O‘ral Ahmedov, "Yuksalish" umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Gulmira Amirova dasturning mazmun-mohiyati va jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi. 

Hujjat loyihasida strategiyaning beshta yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar nazarda tutilgan.

—Loyiha vazirliklar hamda idoralarning yil davomida amalga oshiradigan aniq manzilli tadbirlari va islohotlarni huquqiy tartibga solish yo‘nalishlaridan iborat, — deydi "Yuksalish" umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Gulmira Amirova. —Ikkinchi yo‘nalishda joriy yil qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati o‘rin olgan. Loyihani jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishdan maqsad turli soha vakillarining takliflarini o‘rganib, yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Loyihaga o‘z takliflarini bildirdi.

Viloyatning ta’lim, tibbiyot muassasalari va boshqa idora, tashkilotlarida loyihaning jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri