Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik eshituvi tashkil etildi
16:52 / 2021-08-17

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi va “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Tadbirda Davlat dasturining 177- va 184-bandlari ijrosi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Moliya vazirligining mas’ul rahbarlari bajarilgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikka axborot berdi.  

 Jumladan, dasturning 177-bandiga muvofiq, respublika aholisini koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil etish, 184-bandga ko‘ra, aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish kabi vazifalarning ijro holati yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.  

 Jamoatchilik eshituvi davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarining borishi, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar va ularga ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida, shuningdek, vaksinatsiya jarayonlarida duch kelinayotgan muammolar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, kafolatlangan paket necha turdagi tibbiy xizmatlar va dori vositalarini qamrab olishi, buning uchun qancha mablag‘ talab etilishi kabi savollarga javob olindi.  

 Tadbirda jamoatchilik vakillari tomonidan vaksinatsiya jarayonlarining sust kechayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda tibbiy muassasalarda ayrim hollarda dori vositalarining yetishmasligi bo‘yicha aholi tomonidan chiqishlar bo‘layotgani qayd etildi. Ushbu masalalar doimiy ravishda jamoatchilik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.  

 N.Nasriyev, O‘zA