Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi ijrosi muhokama qilindi
10:29 / 2022-04-16

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida “Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, partiya Markaziy Kengashi hamda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, mintaqaviy partiya kengashlari raislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 3-maqsad, 10-bandida belgilangan “Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish” ijrosini ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Davlat dasturining 3-maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish belgilangan bo‘lib, uning 10-bandida mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish, xususan, tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod ilgari surilishi tartibini qayta ko‘rib chiqish, hokimlikka nomzod mahalliy Kengashda hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilib, lavozimga tasdiqlanishi tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu vazifaning mas’ul ijrochisi etib Adliya vazirligi belgilangan bo‘lib, uning amalga oshirilishi siyosiy partiyalar faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Davra suhbatiga taklif etilgan vazirlik mutasaddilari Davlat dasturida belgilangan mazkur vazifa ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida axborot berdi.

Ma’ruza yuzasidan so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya mas’ul xodimlari va faollar mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi va davra suhbatida muhokama etilgan masala bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalari ishlab chiqiladi, deya xabar beradi O‘zbekiston XDP Axborot xizmati.

O‘zA