Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?
19:25 / 2022-08-08

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» farmoni hamda ushbu farmon bilan tasdiqlangan taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining tegishli bandlari ijrosi bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlarga bag‘ishlandi.

«Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Ma’naviy yangilanish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 8 ta maqsad, 29 ta muhim vazifa belgilangan.

Xususan, Davlat dasturida 71- maqsad «Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish» hisoblanadi.

«Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Milliy dasturni (257-band) ishlab chiqish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga yuklatilgan edi.

Ana shu dastur loyihasini tayyorlash bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi olimlar, mutaxassislar, shuningdek, hamkor vazirlik va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat ilmiy-ijodiy guruh shakllantirildi.

[gallery-8205]

Respublikamizdagi 40 dan ziyod vazirlik, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlariga konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha Milliy dastur loyihasiga takliflar so‘ralib aloqa xatlari yuborildi.

bugungi kunda «Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasi va milliy dastur loyihasi, shuningdek, ushbu hujjatlarni tasdiqlash bo‘yicha Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqdi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishildi va ular ishtirokida har bir loyiha bo‘yicha ishchi guruhlari shakllantirilgan.

Shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazidan «Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati» kitobi 15 ming adadda chop etilgan.

Dasturda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha 20 dan ziyod vazirlik va idoralardan takliflar olinib, kelishilgan holda 2022 yilning 4 aprel sanasida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi.

Davlat dasturining 387-bandi Xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, madaniyati va milliy an’analarimizni keng ommalashtirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lgan Alisher Navoiy xalqaro institutini tashkil etish bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA