French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi doirasidagi ishlar sarhisob qilindi, kamchiliklar bor
11:18 / 2022-10-31

“Yuksalish” umummilliy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlarning maktabgacha ta’lim tizimida bajarilish jarayoniga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchi jamoatchilik guruhi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Ular tomonidan Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida qabul qilingan 2022 yil uchun tasdiqlangan Davlat dasturining 38-maqsadi (Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish), 39-maqsadidagi (Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish) vazifalar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi “2022-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha tegishli vazifalarning ijrosi muhokama etildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha tegishli soha rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, joriy yil 1 oktyabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ming 557 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, shundan 435 tasi davlat, 2 tasi korxonalarga tegishli, 10 tasi xususiy, 89 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat, 1023 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 153 ming 464 nafar boladan 119 ming 769 nafari, ya’ni 78 foizi qamrab olingan.

2022 yilgi Davlat dasturining 200-bandi (2022 yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish) bo‘yicha hududdagi 6 yoshli bolalar 39 ming 506 nafar bo‘lib, shundan 33 ming 621 nafari (85,1 foizi) qamrab olingan. 6 ming 881 nafar 6 yoshli bola (17,4 foiz) maktabgacha majburiy bepul tayyorlov guruhlariga, 26 ming 470 nafar 6 yoshli bola (67,6 nafari) davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga olingan.

Davlat dasturining 201-bandi (Maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish) bo‘yicha 2022 yilda davlat-xususiy sherikchiligi asosida 7 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini hamda 125 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

bugungi kunda 4 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan bitim tuzilgan va ushbu tashkilotlar o‘z faoliyatini boshlagan. 3 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti bugungi kungacha faoliyat boshlamagan.

Shuningdek, 125 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish rejalashtirilgan. Shundan bugungi kungacha 105 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan bo‘lsa, 20 tasi tashkil etilmagani sababli davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijro muddati kechiktirilmoqda.  

Davlat dasturining 202-bandi (Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish) bo‘yicha bu yil 1040 nafar mutaxassisning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirish reja qilingan bo‘lib, shundan 992 nafar (95, foiz) pedagog xodimning mahorati oshirilgan.  

Joriy yilda 8 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, 19 tasini rekonstruksiya qilish va 7 tasini mukammal ta’mirlash belgilangan.

Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchi jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan har xil sabablar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari juda past darajada olib borilayotgani tanqid qilindi. Ularni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilandi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA