Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi
10:26 / 2017-09-28

2017-yilning 21-27-sentabr kunlari Qirg‘izistonning Botken shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2017-yilning 21-27-sentabr kunlari Qirg‘izistonning Botken shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 5-6-sentabrdagi Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi davomida tuzilgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha Shartnomada keltirilmagan chegaradagi boshqa uchrastkalarni belgilash davom ettirildi.

An’anaviy do‘stlik va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.