Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjetiga salkam 140 million so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilmay qolishi mumkin edi...
14:53 / 2023-02-25

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, o‘xshashi respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarini import qilish bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan.

Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va investitsiyalar hajmini oshirish hamda import qilinayotgan texnologik asbob-uskunalar uchun bojxona imtiyozlari berish mexanizmini takomillashtirish maqsadida joriy etilgan mazkur imtiyozni suiiste’mol qilayotgan “uddaburonlar” ham uchrab turibdi.  

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Arkbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi. Unga ko‘ra, xorijdan keltirilgan va mazkur bojxona postiga “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan sovutish asbob-uskunalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Bojxona yuk deklaratsiyasida alohida tovar kodlari bilan tasniflangan mazkur tovarlar yaxlit tovar xususiyatiga ega ekanligi, ya’ni bir butun tovar deb tasniflanishi aniqlandi va bojxona rasmiylashtiruvida qo‘llanilgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilgan bojxona imtiyozlari bekor qilindi.  

Natijada, davlat byudjetiga salkam 140 million so‘mlik bojxona to‘lovlarining undirilmay qolishi oldi olindi. Qiymati 700 million so‘mlik sovutish uskunalari vaqtincha saqlovga olinib, hozirda holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA