Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjetiga o‘tgan 8 oyda 47,2 trln. so‘m bojxona to‘lovlari o‘tkazilgan
19:08 / 2025-09-12

Bojxona qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i H.Tangriyev joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-avgust oylarida chegara-bojxona postlari orqali 1 mln. 151 mingdan ziyod yuk avtotransport vositalari, 516 mingdan ziyod yukli vagonlar, salkam 41 mln. nafar yo‘lovchilar harakatlandi. Hisobot davrida 742 mingdan ziyod bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.

Tadbirkorlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida 12 mingga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisiga 36,2 trln. so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanildi, 350 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlariga 3,7 trln. so‘m bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

Davlat byudjetiga 47,2 trln. so‘m bojxona to‘lovlari o‘tkazilib, ko‘zlangan reja 101,2 foizga bajarildi. Bojxona tartibotlarini takomillashtirish, yangi axborot tizimlari yordamida byudjetga o‘tkazilgan qo‘shimcha to‘lovlar 4,5 trln. so‘mni tashkil etdi.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida, 27 ming 594 ta holatda 789 mlrd. so‘mlik tovarlar shu jumladan, 58,3 mlrd. so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 91,5 mlrd. so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Mamlakat aholisining sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 1 tonna 303 kg. giyohvandlik vositalari hamda 1 tonna 61 kg.ga yaqin psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 124 ta o‘qotar va sovuq qurollar, 435 ta patronlar, 46,6 mlrd. so‘mlik tamaki mahsulotlari ushlab qolindi.

Bojxona organlari faoliyatiga bugungi kunda jami 36 ta axborot tizimi, 40 ta interaktiv xizmat, 11 ta mobil ilova joriy qilingan. Mazkur tizimlar 7 ta xorijiy davlat va 1 ta xalqaro tashkilot, 33 ta vazirlik va idoralar hamda 41 ta xorijiy aviakompaniyalar bilan o‘zaro intgeratsiya qilingan.

Sohani raqamlashtirish hisobiga eksportda 95 foiz, importda 85 foiz bojxona yuk deklaratsiyalari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Bunda BYDlarini inson omilisiz rasmiylashtirish hajmi eksportda 39 foizni, importda esa 6 foizni tashkil qildi.

Natijada 38 mingga yaqin eksportyor va importorning ortiqcha sarf-xarajati va vaqti tejalishiga erishildi. Bojxona hududida qayta ishlash rejimini ommalashtirish hisobiga ushbu rejimdan foydalangan tadbirkorlar soni 380 ni tashkil etdi.

Ushbu rejimga 726,7 mln. dollarlik tovarlar joylashtirilgan. Natijada, qayta ishlangan 841,1 mln. dollarlik tovarlar eksport qilindi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA