Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjetiga 1 mlrd. 127 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovi undirildi
16:31 / 2024-02-20

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Jizzax shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga Polsha davlatidan 2 dona “MAN” rusumli yuk avtotransport vositalari hamda 2 dona “KRONE” rusumli yarim tirkamalar olib kelinib, “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Ushbu transport vositalari yuzasidan Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini o‘tkazish, ya’ni mutasaddi idora va xorijiy davlatlarga so‘rovnoma yuborilishi natijasida transport vositalarining ishlab chiqarilgan yili deklaratsiyada ko‘rsatilganidek 4 yil emas, balki 4 yildan oshganligi aniqlanib, 1 mlrd. 127 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan. 

Ammo korxona tomonidan ushbu qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlariga e’tiroz bildirilgan. Shundan so‘ng, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilingan. Qariyb 2 yil davom etgan sud jarayonlari natijasida transport vositalarining ishlab chiqarilgan yili 4 yildan oshganligi o‘z tasdig‘ini topgan. 

Natijada ushbu korxonadan davlat byudjetiga 1 mlrd. 127 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari to‘liq undirib olindi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA