Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligi 2018 yilda qanday boʻldi?
11:28 / 2019-05-04

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tinglandi.


Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tinglandi.

Hisob palatasi tomonidan 2018 yilda 180 ta oʻrganish va nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar natijasida byudjetga qoʻshimcha 4 trillion 722 milliard soʻmlik daromad manbalari aniqlandi. Shuningdek, 1 trillion 197 milliard soʻm va 74,2 million dollarlik moliyaviy xato va kamchiliklar va samarasiz xarajatlar aniqlandi.

Oʻtgan vaqt davomida Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligi va qonuniyligi yuzasidan oʻrganishlar (audit) oʻtkazib borildi. Jumladan, taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanilishi oʻrganildi.

photo_2019-05-04_11-28-26.jpg

Unga koʻra, 4 ta oliy taʼlim obyektlari qurilishida 1,9 milliard soʻmlik qoʻshib yozish va ishlarni sifatsiz bajarish kabi kamchiliklar aniqlangan. Masalan, 2016-2017 yillarda rekonstruksiya qilingan Guliston davlat universitetining binosi boʻyicha 2018 yil sentyabrda qayta hisob-kitob qilinib, 1,6 milliard soʻm ortiqcha toʻlov amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan chetdan xarid qilinib, pudratchilarga berilgan 19 milliard soʻmlik bitim qiymati moliyalashtirish davrida ushlab qolinmagani aniqlandi.

Hisob palatasining asosiy vazifalaridan yana biri boʻlgan Prezidentimiz qaror va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlib, ushbu yoʻnalishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligi “ijro.gov.uz” elektron tizimi joriy qilinib, “qogʻozsiz” nazorat yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu nazorat tizimi bilan vazirliklar, idoralar, hokimliklar qamrab olingani, ular oʻrtasida axborot almashinuvining yaxshilanishi va belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali hal qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tizimga 259 ta idora, hokimlik ulangan boʻlib, kunlik nazorat qilib borish yoʻlga qoʻyilgan. Ijro toʻgʻrisida maʼlumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar bilan) elektron shaklda dasturga kiritiladi. Zarur hollarda Hisob palatasi joyiga chiqqan holda oʻrganib, keyin nazoratdan oladi.

Prezident tashriflarida berilgan topshiriqlar ijrosi masʼul vazirliklar bilan joyiga chiqib oʻrganildi va muammoli masalalarda amaliy yordamlar koʻrsatildi.