Davlat byudjeti mablag‘larining shakllantirilishi va sarflanishi aholini eng ko‘p qiziqtiradigan masalalardandir. Bu tabiiy hol bo‘lib, fuqarolar mazkur yo‘nalishdagi savollariga javob olishga to‘la haqli.
Davlat byudjeti ochiqligi, ijro hokimiyati faoliyatida shaffoflik va korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rish majburiyati konstitutsiyaviy darajada belgilab qo‘yilishi – korrupsiyani bartaraf etishda huquqiy kafolatlarnining yangi bosqichiga qadam qo‘yilganini anglatadi. Davlat byudjetini shakllantirish "ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida" amalga oshirilishi, davlat organlariningdek xalq oldida hisobdorligi, ijro hokimiyati faoliyatida ochiqlik va korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishi davlatning asosiy vazifasi etib belgilab qo‘yilgan (115-modda, 10-band).
Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat xizmati tizimini zamonaviy, mas’uliyatli va samarali institut sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, korrupsiya xavflarini kamaytirish uchun huquqiy, tashkiliy va ma’muriy mexanizmlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Davlat byudjeti mamlakatning pul daromadlari va xarajatlari ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi asosiy moliyaviy hujjat bo‘lgani holda uning ochiq va shaffof bo‘lishi yurt rivoji, jamiyat qurilishini takomillashtirish, islohotlar samaradorligiga erishishda muhim o‘rin tutishi haqida Jamoat xavfsizligi universiteti professori Akmal Bozorov batafsil ma’lumot beradi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/s_g8UxW167Y" title="Davlat byudjeti: ochiqlik va qonun ustuvorligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA