Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjeti daromadlari 19,2 foizga ko‘paygan
16:51 / 2025-09-03

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2025 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi doirasida qator natijalarga erishildi. Xususan, joriy birinchi yarim yillikda davlat byudjeti daromadlari 144,2 trillion so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 23,2 trillion so‘mga (19,2 foiz) ko‘paydi.

Yalpi ichki mahsulot hajmi 7,2 foizga o‘sib, 808 trillion so‘mni tashkil etdi va uning aholi jon boshiga hajmi 21,4 million so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga ko‘paydi. 

Iqtisodiy o‘sishning 54,7 foizi xizmatlar sohasi hisobiga shakllanib, bu asosan bozor xizmatlarining 13,3 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Shuningdek, sanoat 6,6 foizga, qurilish ishlari 10,7 foiz va qishloq xo‘jaligi 4 foizga o‘sdi. 

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 2025 yilning birinchi yarim yilligida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 273,4 trillion so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida ma’lum qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA