Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat boshqaruvida samaradorlikka erishish – inson resurslarini to‘g‘ri boshqarishga bog‘liq
19:19 / 2025-12-16

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashabbusi bilan davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda tashkilot rahbariyati, mas’ullar, FAO vakillari, vazirlik va idoralarning HR bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligi rahbariyati davlat boshqaruvida samaradorlikka erishish, avvalo, inson resurslarini to‘g‘ri boshqarishga bog‘liqligiga alohida urg‘u berdi.  

HR xodimlari tizimdagi barcha islohotlarning amaldagi harakatlantiruvchi kuchidir. Ular kadrlar salohiyatini baholash, to‘g‘ri joylashtirish, rag‘batlantirish va xizmat faoliyatini rejali tahlil qilish orqali davlat organlarida natijaga yo‘naltirilgan  boshqaruv madaniyatini shakllantiradi.  

Shu ma’noda, inson resurslarini boshqarish sohasidagi professional yondashuv davlat idoralarining strategik vazifalarini bajarish, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish va tizimning barqaror  samaradorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

[gallery-26766]

HR sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish esa davlat xizmatida yangi avlod rahbarlarini tayyorlash va umumiy boshqaruv sifatini yuqori pog‘onaga olib chiqishning asosiy omilidir.

Davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati, sohadagi zarurati va ahamiyati, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda HR mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Davlat boshqaruvida samaradorlik, proaktiv boshqaruv va natijaga qaratilgan yondashuvning zamonaviy tendensiyalari muhokama etildi.  

O‘quv-seminar davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar bilan  ishlash tizimini takomillashtirish va HR jarayonlarida yagona mezonlarni joriy etishga qaratildi.  

Ishtirokchilar tezkor qaror qabul qilish mexanizmlari, kadrlar siyosati va davlat xizmatini professionallashtirishning yangi yo‘nalishlari bilan tanishdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari tomonidan gender siyosatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga oid xalqaro yondashuvlar tahlil qilindi.  

Ushbu taqdimotlar ishtirokchilarga global o‘zgarishlar va milliy ehtiyojlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur tahlil qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, chet elda ta’lim olgan mutaxassislarni davlat boshqaruviga jalb etish va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan zamonaviy mexanizmlar muhokama qilindi.

O‘quvning amaliy qismi sifatida ishtirokchilar “Artel” yirik xususiy kompaniyasida HR amaliyoti va talent management jarayonlari bilan tanishadi. Toshkent shahridagi "IT-park"da  zamonaviy kadrlarni boshqarish, xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish, ish unumdorligini baholash jarayonlarini bevosita kuzatadi.  

N.Abduraimova, O‘.Hayitov (surat), O‘zA