Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari uchun tashkil etilgan maxsus yig‘in yakunlandi
19:11 / 2022-11-18

18 noyabr kuni poytaxtimizdagi «G‘alaba bog‘i»da Chirchiq poligonida hafta mobaynida davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘inning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

To‘rt kun davomida Mudofaa vazirligiga qarashli Chirchiq umumqo‘shin poligonida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘in o‘tkazildi. Unda vazirlar, raislar, agentlik va inspeksiya boshliqlari, bosh direktorlar haqiqiy harbiy xizmat muhitida mashg‘ulot o‘tadilar.

[gallery-9652]

Ishtirokchilar faqat harbiy mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmadi. Mazkur yig‘in davomida davlat boshqaruvi organlari rahbarlari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-ma’muriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishdi. Shuningdek, yig‘in ishtirokchilari aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan o‘tib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Shu bilan birga, operativ, safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan o‘tish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar bo‘lib bordi. Ular orasida turli sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi.

Yig‘inning so‘nggi kunida ishtirokchilar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodir Tursunov ishtirokida «G‘alaba bog‘i»da tantanali taqdirlash marosimi bo‘tdi. Unda barcha ishtirokchilar mudofaa vazirining tashakkurnomasi va faol ishtirok etgan ishtirokchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

O‘zA

 

--0--