Davlat bog‘chalarida xitoy tili o‘rgatiladi
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Xitoyning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim ishtirokida o‘tkazilgan videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda kelgusi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xususan, muloqotda mamlakatimizda bolalar o‘yinchoqlari va turli xil o‘yin uskunalarini hamda didaktik materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida nodavlat MTTni tashkil etish, MTTlarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rgatish, bu borada xodimlar malakasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi xabarida.
Uchrashuvda hamkorlik doirasida Xitoyda "Bolalarning erta rivojlanishi uchun innovatsion yondashuv" nomli Ikkinchi o‘zbek-xitoy forumini tashkil etish kelishib olindi.