Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat Bobonov va 2 nafar dzyudochimiz Ispaniyada
12:34 / 2025-08-17

Bugun, 17 avgust kuni Ispaniyaning Valensiya shahrida dzyudo bo‘yicha boshlangan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov qatorida yana 2 nafar sportchimiz qatnashmoqda.

Osiyo, Yevropa hamda okean orti davlatlaridan Ispaniyada jam bo‘lgan ming nafarga yaqin dzyudochilar safida terma jamoamizning yetakchi dzyudochilaridan Shahram Ahadov, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Alisher Yusupov mashg‘ulotlarga kirishdi.

 Valensiyada kechadigan mashg‘ulotlar jarayonida dzyudochilarimizga terma jamoa murabbiyi Nurali Qobulov hamrohlik qilmoqda.

Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 avgustga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA