English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat bayrog‘idan endi yashash joylarida ham foydalanish mumkin
18:10 / 2023-07-08

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 7 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonuni bilan davlat bayrog‘idan foydalanilish mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirildi.

Jumladan, bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida foydalansa bo‘ladi.

Shuningdek,

– bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

– xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

O‘zA