O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida ham bayram tantanalari tashkil etildi.
Erta tongdan davlat bayroqlari o‘rnatilgan avtomobillar shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.
Asosiy bayram tadbirida sektorlar rahbarlari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari jamoalari, nuroniylar, yoshlar, tuman va shaharlardan kelgan ko‘plab vakillar ishtirok etdi.
[gallery-14659]
–Davlatimiz bayrog‘i barcha yurtdoshlarimiz uchun davlat ramzi sifatida qadrlanib, xalqaro tadbirlarda, sport musobaqalarida bu holat yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, BMT qarorgohida ham davlatimizning ramzi bo‘lgan muqaddas bayrog‘imizning hilpirab turishi qalbimizga o‘zgacha g‘urur bag‘ishlaydi, – deydi “El-yurt hurmati” ordeni sohibi B.Norjigitova.
Tantanada Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu sana bilan samimiy qutladi.
Tadbir san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi bilan yanada ko‘tarinki ruhla davom etdi.
Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev(surat),
O‘zA muxbiri