Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat bayrog‘i – mustaqillik timsoli
15:27 / 2023-11-18

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Dastlab Registon maydonidan start olgan harbiylar va yoshlar  20x40 metr o‘lchamdagi bayroqni Ko‘ksaroy maydoniga qadar olib keldilar.

Bayram mazkur maydondagi ulkan bayroq ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bilan davom etdi. Unda viloyat jamoatchiligi vakillari, talaba- yoshlar ishtirok etdi.  

[gallery-14649]

Samarqandlik shoir va yozuvchilar, san’atkorlarning chiqishlarida Vatanimiz bayrog‘i madh etildi.

Davlat bayrog‘i qabul qilingan sanaga bag‘ishlangan tadbirlar ta’lim muassasalarida davom etdi.  

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat),  

O‘zA muxbirlari