Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“DAV” seriyali davlat raqam belgilaridan 94 jufti almashtirildi
11:00 / 2021-08-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 apreldagi “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xizmat avtotransport vositalariga “DAV” seriyali davlat raqam belgilari biriktirilishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosi doirasida davlat boshqaruvi  va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli xizmat avtotransport vositalarining davlat raqami belgilari “DAV” seriyali davlat raqami belgilariga  almashtirilib qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.  

– Jizzax viloyatida ana shunday davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli 122 ta transport vositalariga “DAV” seriyali davlat raqami belgilari almashtirilib berilishi boshlandi, – deydi viloyat IIB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Amriddin Mavlonov. – Davlat hokimiyati organlaridagi xizmat avtomashinalariga alohida davlat raqam belgisi ya’ni “DAV”  seriyali  davlat raqam belgisi ishlab chiqarilgan. Ushbu davlat raqam belgilaridan bizning viloyatimizga ham 122 jufti ajratilgan.  

Davlat raqam belgilari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan va uning ilovasida aynan qaysi idoraga va qaysi idora rahbarining xizmat avtomashinasiga berilishi belgilab, ko‘rsatib o‘tilgan. Qarorda boshqa transport vositalariga bu seriyadagi davlat raqam belgilarini berishi qat’iyan man etiladi. Shu bugungi kugacha 94 juft “DAV”  seriyali  davlat raqam belgisi o‘z egalariga topshirildi.  

Darvoqe, mazkur davlat raqam belgilarini almashtirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari xuddi boshqa davlat raqam belgilari tarqatilib kelingan Jizzax viloyat IIB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi tomonidan amalga  oshirilmoqda.  

 A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (suratlar) O‘zA