French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dauletiyarbek” dostonining to‘planishi, chop qilinishi va tadqiq etilishi
17:08 / 2024-03-11

Ulzoda ESEMURATOVA Doktorant Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Nukus, O‘zbekiston

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada qoraqalpoq xalq dostoni “Dauletiyarbek”ning to‘planishi, chop qilinishi va tadqiq etilishiga oid ma’lumotlar beriladi. Mazkur dostonning Qo‘ng‘irotda yaratilib, baxshilar, qissaxonlar tomonidan Xorazm va Turkmanistonga tarqalishi, uning hatto Kavkazorti versiyalari ham mavjudligi, “Dauletiyarbek” dostoni o‘tgan asrning 30-yillarida yozib olingan bo‘lsa-da, ba’zi sabablarga ko‘ra ko‘p vaqt nashr qilinmaganligi, doston haqida alohida tadqiqotlar ham olib borilmaganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Turkmanlar orasida doston mashhur bo‘lib, turkman folklorshunoslari uning muallifini Ma’rufiy deya talqin qiladilar.

Tayanch so‘zlar: doston, baxshi, qissaxon, versiya, Ma’rufiy.