English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dastyor” brendi ostida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda
19:32 / 2020-03-30

Andijon tumanidagi “Bobur baraka istiqboli” fermer xoʻjaligi tomonidan karantin sharoitida “Dastyor” brendi asosida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.


Andijon tumanidagi “Bobur baraka istiqboli” fermer xoʻjaligi tomonidan karantin sharoitida “Dastyor” brendi asosida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin sharoitida aholiga qulaylik yaratish, nogiron, yolgʻiz yashovchi keksa insonlarning mushkulini oson qilish maqsadida fermer xoʻjaligi tasarrufida “Dastyor” brendi asosida bir guruh yurtdoshlarimiz xayrli ishlarni olib bormoqda.

– “Dastyor” brendi asosida yetkazib berish xizmatini boshlaganimizga koʻp boʻlgani yoʻq, – deydi, loyiha asoschisi Qahramonjon Hakimov. – Ushbu xizmatimiz, ayniqsa, bugungi kunda yurtdashlarimizga yaqindan yordam bermoqda. Andijon shahrining Boʻston, Xoʻtanariq, Saʼdda, Madaniyat, Yaxshi mahallalaridagi doʻkonlar orqali un, oʻsimlik yogʻi, kartoshka, piyoz, sabzi, umuman, bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini, xatto koʻkatlarni buyurtma asosida shahar aholisiga arzon narxlarda yuk xati bilan yetkazib beryapmiz. Mahsulotlarimiz nogironlarga 50 foiz arzon narxda, shuningdek, yolgʻiz yashovchi keksalarga esa xayriya sifatida bepul tarqatilmoqda.

Ayniqsa, bugungi karantin sharoitida foyda olishdan koʻra, odamlarga koʻmak berish asosiy maqsadimizga aylangan.

Ayni kunda loyiha dirasida 10 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati ish xaqi olmasdan ishlamoqda.

– Ertalabdan kelib, buyurtmalar qabul qilishni boshlaymiz, – deydi Andijon shahri, Birlik mahallasida yashovchi koʻngilli ishchi Qobiljon Ahmedov. – Karantin sharoiti boʻlgani uchun buyurtmalar juda koʻp. Zaxiramiz u qadar koʻp boʻlmaganligi uchun mahsulotlar cheklangan miqdorda yetkazib berilmoqda.

8.jpg

Bir guruh haydovchilar ham bu xayrli ishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Ular oʻzlarining shaxsiy avtomashinalarida shahar boʻylab buyurtmalarni eltib bermoqda. Tashkilotchilar tomonidan xizmat koʻrsatayotgan avtomashinalarga gaz toʻldirib berilmoqda.

– Xalqimiz uchun sinov davri boʻlgan bugungi kunda hamshaharlarimiz ogʻirini yengil qilishga harakat qilyapmiz, – deydi Andijon shahrida yashovchi Shohrux Matkarimov. – Men shaxsiy “Damas” avtomashinam bilan buyurtmalarni oʻz egalariga yetkazib beryapman. Mahsulotlar narxi ham qimmat emas. Bundan yurtdoshlarimiz behad mamnun boʻlmoqda.

Loyiha tashkilotchilari karantin sharoitida mahsulot yetkazib beruvchi avtomashinalarning erkin haraktlanishida muammolar yuzaga kelayotganligini hisobga olib, xizmat koʻrsatayotgan avtomashinalarga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilgan. Lekin hozircha ushbu muammo hal etilmagan. Ishonamizki, vakolatli idoralar ushbu muammoni joriy etilgan tartiblar asosida ijobiy xal etilishiga yordam beradi.

Xoʻjalik omborxonasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur choralar koʻrilgan. Xizmat koʻrsatuvchilar himoya niqobi va boshqa maxsus vositalardan keng foydalanmoqda.