Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dasturxon” shoxobchasi milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etmoqda
09:28 / 2024-02-16

FOTOREPORTAJ

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan viloyatda milliy qadriyat, urf-odat, mumtoz san’atni keng targ‘ib etishdagi namunali faoliyati uchun “Dasturxon” umumiy ovqatlanish shoxobchasiga tashakkurnoma va kitoblar jamlamasi topshirildi.

Ma’naviyatning aslida chegarasi, qamrovi va o‘lchami bo‘lmaydi. Ma’naviyat nafasi kirib bormagan joyda, albatta, muhit, tarbiya, qadriyat, madaniyat shakllanmaydi.

– Ayni paytda viloyatda Prezidentimiz topshirig‘iga asosan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini amalga oshirishda   hududning ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, shu asosda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy etish yuzasidan ishlar boshlangan, - deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva. - Viloyatimizda Ma’naviyat sektorini tashkil etish bo‘yicha keng jamoatchilik birdek kirishganligini, ayniqsa tashkilot va korxonalarda ham ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlamoqchiman.

Surxon vohasi o‘zining boy tarixi, takrorlanmas asori-atiqalari, urf-odat, an’analar yaxshi saqlanib qolgan hudud sanaladi. Boy merosimizni asrab-avaylash, targ‘ib etish va kelajak avlodga yetkazish esa barchaning birdek vazifasi hisoblanadi. Bugun viloyatda ana shunday mas’uliyatli vazifani sharaf bilan bajarayotgan insonlar ko‘plab topiladi.

[gallery-15993]

Termiz shahridagi “Dasturxon” umumiy ovqatlanish shoxobchasi mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga, boy tarix, qadriyat, an’ana hamda milliyligimizni keng targ‘ib etishga hissa qo‘shmoqda. Milliy andozalar asosida jihozlangan mo‘’jazgina oshxonada doimiy ravishda mumtoz kuy-qo‘shiqlarning yangrayotganligi bu yerga tashrif buyuruvchilar qalbiga milliy ruhni singdirmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA