French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dasturchi, olim, tadbirkorlar Xakaton dasturi orqali Toshkentda birlashdi
17:15 / 2023-10-09

Xakaton (“Hackathon”) – so‘zi ingliz tilidan olingan “hack” va “marathon” so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, ma’lum bir masalani qisqa muddat ichida tez hal qilish degan ma’noni anglatadi.

Toshkentdagi "InnoTechnoPark"da Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan tashkil etilgan NASA Space Apps xakatoni bo‘lib o‘tdi.

NASA Space Apps xakaton dasturi – dasturchilar, dizaynerlar, olimlar, tadbirkorlar va boshqa ko‘plab vakillarni birlashtirgan xalqaro tadbir bo‘lib, real yoki virtual jamoalarda to‘planish va turli muammolarni hal qilish uchun ochiq NASA ma’lumotlaridan foydalanish imkonini beradi.

Mazkur tadbir jamiyatning aerokosmik sohaga qiziqishini oshirish, kosmik agentliklar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislar o‘rtasida yangi iste’dodlarni izlashga qaratilgan.

Unda har yili 160 davlatdan 30 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan xakatonda ishtirok etish uchun 350 dan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 250 tasi tanlab olindi.

Ushbu xakaton astronomiya, geologiya, STEM kabi sohalar, ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek, nostandart fikrlash ko‘nikmalarini oshirish va kosmik sanoatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Unda "WyeDust" – kosmosdagi va yerdagi uskunalarni himoya qilish uchun quyosh chaqnashlarini bashorat qilish dasturi, "Typhoon" – sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida o‘rmon yong‘inlari rivojlanishini bashorat qilish dasturi, "PhDʼs" – oyning seysmik kuzatuvlari tarixi misolida zilzilalar xaritasini vizualizatsiya qilish dasturini yaratgan jamoalar g‘olib deb topilib, AQSHda bo‘lib o‘tadigan xalqaro NASA konkursida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

N.Rahmonova, O‘zA