O‘zbekistonning 2025 yil 1 yarim yillik bo‘yicha dastlabki asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra sanoat tarmoqlari bo‘yicha yil boshidan sanoat mahsulotlari hajmi 460 trln so‘mni tashkiletishi kutilmoqda. Jumladan,
Yirik korxonalar tomonidan:
- 56.7 tn oltin (o‘sish 3,8%),
– 80 tn kumush (o‘sish 16%),
- 24.7 mln kv m oyna (o‘sish 1,3 barobar),
- 7 mln tn sement (o‘sish 10,1%),
- 29 mln kv m gipsokarton (13,4%),
- 360 mln kv m ip gazlama (12,3%),
- 438 mln dona trikotaj mahsulotlari (9,2%),
- 112 ming tn trikotaj mato (8,4%) ishlab chiqarildi.
Bunda, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bitimlari hajmi 1.3 barobarga (82.7 trln so‘m) oshdi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha viloyatlarda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi:
Jizzax (o‘sish 11.8%),
Navoiy (10.7%),
Xorazm (9.4%),
Namangan (9%) va Qashqadaryo (7.2%) viloyatlarida yuqori o‘sish kutilmoqda.
Bunda, hududlarda faoliyat ko‘rsatmayotgan 4.5 mingta sanoat korxonasi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilib, 112 mlrd so‘mlik quvvat yaratildi va 7 mingta ish o‘rni tiklandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3Sm21EWLu14" title="Dastlabki asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Iskandar Ismatov, O‘zA