Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dashtobodliklar ham saylovda ovoz bermoqda
15:29 / 2023-07-09

Gap shundaki, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan Dashtobod qishlog‘i 1992 yil tashkil topgan bo‘lib, aholisi Tojikiston Respublikasidan ko‘chib kelgan. Yaqin yillargacha ularning fuqaroligi bo‘lmagan.

– Bu joylar Sherali MFYga qarashli edi, – deydi Dashtobod MFY raisi Xolto‘ra Tursunov. – 30 yil davomida Dashtobod qishlog‘i aholisi 3 ming 200 nafarga yetdi. 530 xonadon, 780 oila bo‘ldi. Sherali mahallasi tarkibidan chiqib 2020 yil Dashtobod MFY bo‘ldi. Shu vaqtgacha qishlog‘imizda 15-20 nafar odamning fuqaroligi bor edi. Qolganlarining fuqaroligi yo‘q edi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021 yilda fuqarolik berish bo‘yicha qaror chiqarildi. Shundan so‘ng aholimizning hammasi fuqarolikka ega bo‘ldi. Hozir 1561 nafar saylovchimiz bor. Ular yuqori kayfiyatda saylovda qatnashyapti. Boisi shu kunga qadar fuqarolarimizda saylash va saylanish huquqi yo‘q edi. Endi ular ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi. Kayfiyati a’lo. O‘ziga ma’qul nomzodga ovoz bermoqda.  

[gallery-12671]

Ovoz berish jarayoni davom etmoqda.  

O‘lmas Barotov,

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA.