Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daryo qumini g‘ayriqonuniy qazib olishga chek qo‘yilmoqda
13:00 / 2019-10-30

Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari Surxon daryosining Termiz tumanidagi Jo‘yjangal mahallasi hududi o‘ng tomonidagi suvni muhofaza qilish mintaqasida mavjud foydali qazilma boylik-tabiiy qum-shag‘alni o‘zboshimchalik bilan qazib olayotgan fuqaroni aniqladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismida foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan foydalanish talab va tartiblari belgilab qo‘yilgan. Bu talablarni buzgan fuqarolarga tegishli jarima qo‘llash ko‘rsatib o‘tilgan.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, boshqarma inspektorlari mazkur qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazayotgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqaro A.Bo‘riev o‘zboshimchalik bilan qumni qazib olayotganida qo‘lga tushib qolgan. Bu holat joyida hujjatlashtirilib, foydali boylikni tashib ketmoqchi bo‘lgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari yani, 2 million 223 ming so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanilgan. Shu yerning o‘zida qazishda foydalanilgan texnika vositalari hududdan chiqarib yuborilib, keng tarqalgan qazilma boylikdan qonunga zid foydalanishga chek qo‘yilgan.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Surxon daryosining muhofaza zonalarida o‘tkazilayotgan tezkor tadbir davom etmoqda.