Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daryo o‘zanidan qum-shag‘al tashiyotgan huquqbuzarlar ushlandi
16:20 / 2026-01-09

Surxondaryo viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan nazorat tadbirlari chog‘ida g‘ayriqonuniy qum-shag‘al tashiyotgan tabiat zararkunandalariga duch keldi.

Surxon daryosining Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qorayog‘och va Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi qismida K.Ollayorov, A.Sharipov va O.Xoliqov (ism-sharif o‘zgartirildi)lar qum-shag‘al xomashyosini bamaylixotir avtomashinalarga yuklab, olib ketayotganida qo‘lga tushdi.

Viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-prim 1-moddasiga asosan hujjatlashtirilib, tabiatga 19 million 530 ming so‘m zarar yetkazilgani hisoblandi. Shuningdek, daryo o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazigan shaxslarning har biriga 12 million 360 ming so‘mdan jarima jazosi qo‘llanildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri