English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daryo oʻzaniga “tajovuz” qilgan shaxslar qoʻlga tushdi
11:32 / 2020-08-14

Shunday qilib, qonunbuzarlar bu qilmishi uchun jami 7 million 805 ming soʻm jarima toʻlaydigan boʻldi.


Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Sariosiyo tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari Sariosiyo tumanidagi Obizarang daryosi qirgʻogʻidan qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan uch nafar fuqaroni ushladi.

Oʻzlariga tegishli texnikalar yordamida tabiatga zarar yetkazgan J.Ziyodullayev, S.Nasimov va R.Rahmonov (ism-shariflar oʻzgartirildi)lar daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzgani aniqlanib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan J.Ziyodullayevga 3 million 345 ming soʻm, S.Nasimov va R.Rahmonovlarning har biriga 2 million 230 ming soʻmdan jarima chorasi qoʻllanildi. Shunday qilib, qonunbuzarlar bu qilmishi uchun jami 7 million 805 ming soʻm jarima toʻlaydigan boʻldi.