Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Darya Xomutyanskaya Toshkentda yana chempion bo‘ldi
12:49 / 2025-11-03

Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi”da tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida W15 tasnifiga kiruvchi “Hayot Bank Cup 2” xalqaro ayollar turniri o‘tkazildi.

Mazkur musobaqaning yakkalik bahslari finalida belaruslik Darya Xomutyanskaya va rossiyalik Darya Yegorova o‘zaro raqobatlashdi. Unda Darya Xomutyanskaya raqibini 3:6, 6:2, 6:2 hisobida zafar quchdi va bosh sovringa ega chiqdi.

Shuningdek, turnirning juftlik bellashuvlarida Darya Xomutyanskaya hamyurti Kseniya Yersh bilan birga musobaqa g‘olibiga aylandi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘tgan hafta poytaxtimizda o‘tkazilgan xalqaro turnirda Darya Xomutyanskaya yakkalik va juftlik bellashuvlarida chempionga aylangan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA