Darya Shubina bosh sovrinni Toshkentda olib qolmoqchi
Poytaxtimizda joylashgan "Saxovat Sport Servis" majmuasida o‘tayotgan W15 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turniri qizg‘in pallaga kirdi.
Musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida hamyurtimiz Darya Shubina neytral tennischi Darya Xomutsianskayani 6:4, 6:2 hisobida yengdi va chorak final bosqichida Janubiy Koreya vakilasi Bo Yung Jeong bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. Afsuski, ushbu davrada Nigina Abduraimova, Vlada Yekshibarova hamd Diana Yakovleva kabi tennischilarimiz mag‘lubiyatga uchradi.

Shuningdek, juftlik yo‘nalishida Darya Shubina neytral maqomdagi tennischi Varvara Panshina bilan tandeda Janubiy Koreya sharafini himoya qilayotgan Bo Yung Jeong va Yujin An duetini 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Endi Darya va Varvara yarim finalda hindistonlik Vaishnavi Adkar va tailandlik Punnin Kovapitukted bilan kuch sinadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA