Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Darslarni o‘qitishda innovatsion usullarning ahamiyati
13:04 / 2023-06-17

Mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fanga bo‘lgan munosabat mutlaqo o‘zgardi. Ta’lim sohasini tubdan isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarga keng yo‘l ochildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

Dars jarayonida innovatsion usullardan foydalanish o‘quvchilar faolligini oshiradi, ularni mustaqil izlanishga, muammoni aniqlash va unga mustaqil yechim topishga undaydi. Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatligi texnikumida terapiya fanidan dars berar ekanman, mashg‘ulotlarda “Rolli o‘yinlar”, “Loyiha”, “Debat”  kabi bir qator usullardan  keng foydalanaman.  

Pedagogik nuqtai nazardan esa, zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi navbatda ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Shu munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan boshqacha ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan iboratki, talabalar uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilgandagini yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida talabalarni ob’ektdan sub’ektga aylantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir.  

Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga kirganligi e’tirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.”  

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” gi qonunining qabul qilinishi (2020 yil 24 iyul) Yangi O‘zbekistonni qurishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishonchli huquqiy mexanizmlarini mustahkamladi. Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. “Buning uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.  

Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilinishiga erishishdir. Respublikada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, ta’lim tizimining barcha shakllardagi muassasalarida ta’lim jarayonini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga ko‘ra fan, texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.  

Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlarini yaratadi. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlari va qobiliyatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishning yunaltirilgan bo‘lishi o‘qituvchi mas’uliyatini yanada oshiradi. Ta’limning samaradorligini oshirish uchun o‘z sohasiga oid bilimlarni mustahkam egallagan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini o‘zlashtirgan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish zarur. O‘qituvchi olgan bilimlarini tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakasini uzluksiz oshirib borishi lozim.  

O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarning ruhiyatiga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llay olishi kerak. Ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarini farqlay olishi, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Charxpalak”, “Rezyume”, “Keys-stadi” kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim.  

“Semizlik kasalligi” mavzusini o‘qitishda men  “Sud darsi” innovatsion usulidan foydalandim. Bu usul darsni qiziqarli o‘tishga, o‘quvchilar orasida qizg‘in munozara o‘tkazishga yordam beradi, bundan tashqari, o‘quvchilar o‘z rollari ustida mustaqil ishlaydi, kostyumlar va rekvizitlarni birgalikda tayyorlaydi. Bularning hammasi materialni yaxshi eslab qolishga yordam beradi. Ushbu usuldan to‘garaklar faoliyatida ham keng foydalansa bo‘ladi. Mashg‘ulotni o‘tkazishda axborot kommunikatsion texnologiyalardan ham unumli foydalaniladi. Televizor ekranidan videomateriallar va slaydlar ko‘rsatib boriladi. Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida “Ateroskleroz” mavzusida videomaterial, “Qandli diabet”, “8 -parhez stoli”, “Sil kasalligi”, “O‘zbekistonning milliy turistik salohiyati” mavzularida slaydlar to‘plamlari tayyorlandi.  

Salohiy Nazokat Ikromiddin qizi,

Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatligi texnikumi uslubchisi.