English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dars soatini ko‘paytirib berish evaziga pora talab qilgan maktab direktori 100 dollar bilan ushlandi
18:19 / 2020-12-11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabi direktori T.M. o‘z xizmat lavozimidan foydalanib, texnologiya fanidan soat ko‘lamini 3,7 stavkadan 8 stavkaga ko‘paytirib berish uchun J.M.dan ta’magirlik qilib 100 AQSH dollari talab qilgan.

Qoraqalpog‘iston axborot agentligining xabar qilishicha, tegishli huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida maktab direktori T.M. o‘z xizmat xonasida pora tariqasida talab qilgan 100 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ye.Qanoatov, O‘zA