Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolarga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga xonadonlarga o‘rnatilayotgan quyosh panellari aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga qo‘shimcha daromad olishga ham imkoniyat yaratmoqda.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanining Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi Zulqarnay Arabov o‘z xonadonida quyosh panellarini o‘rnatib, oilasining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlab, ortiqcha elektr energiyani davlatga sotib qo‘shimcha daromad ham topmoqda.


– Xonadonimizga 40 kVt soat quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatdik. Bu nafaqat oilamiz uchun yetarli, balki, iste’molimizdan ortgan qismini sotish orqali daromad olishga imkon bermoqda. Kredit orqali o‘rnatilgan panellar orqali olayotgan manbalar sotgan elektr energiyamizdan kelayotgan daromad o‘zini o‘zi bemalol qoplamoqda. Barchaga quyosh panellarini o‘rnatib, muqobil energiya manbaiga ega bo‘lishlarini tavsiya qilaman. Hozirda yana 50 kVt soat quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatishni boshladik, – deydi Zulqarnay Arabov.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri