Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daromad olishning yangi turi
16:38 / 2026-02-17

Gulchilik deyilganida Gollandiya ko‘z oldingizga keladi. Mo‘’jaz hududli mamlakat gullar diyori, degan nom olgan. Ammo... So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham gulchilik tez rivojlanib bormoqda. Mamlakatning eng chet shahar-qishloqlari ham gulga burkangan. Bunda tomorqa gulchiligining ahamiyati katta.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Shodlik mahallasida istiqomat qiluvchi Hayotxon Meliqo‘ziyeva nafaqaga chiqqanidan so‘ng gulchilikka jiddiy qiziqib qoldi. U oila a’zolari bilan o‘z hovlisida turli xil manzarali gullar parvarishlashni boshladi.

Ikki yil avval xonadon hududida 1,3 sotix maydonda issiqxona tashkil etgan edi. Bugun bu yerda ko‘plab turdagi besh mingdan ziyod noyob, xaridorgir gullar, manzarali hamda sitrus ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Endi o‘zi yetishtirgan gullar bilan savdo qiluvchi ixtisoslashgan do‘koni ham bor.

– Gulchilik oilaga yil davomida 500 million so‘mgacha daromad keltirmoqda, – deydi Hayotxon Meliqo‘ziyeva. – Yana bir jihati shundaki, mazkur tashabbus tufayli mahalladagi 5 nafar ayolning doimiy bandligi ta’minlandi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA