Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daromad keltiruvchi daraxt
15:43 / 2025-07-25

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Oqoltin mahallasida yashovchi Darmon Qurbonov bugungi kunda 25 sotix maydonda pavlovniya daraxtini yetishtiryapti. Shu yilgi bahor mavsumida ekilgan daraxtlar bo‘yi hozirda 1,5-2 metrga yaqinlashgan. Bundan tashqari, daraxtzor yaqiniga 10 dan ortiq asalari uyasini keltirib, sifatli asal olishni yo‘lga ham qo‘ygan.

Pavlovniya gullaganda asalarilar oilasi uchun yaxshigina ozuqa manbai bo‘ladi. Gullash mavsumida 1 ta asalari oilasi 10-15 kilogramm asal yig‘adi. Pavlovniya plantatsiyasiga asalari oilalari qo‘yilsa, 1 gektardan 5-6 yilda ming kilogrammgacha yuqori sifatli asal olish mumkin.

– Pavlovniya daraxtini turli maqsadlarga qarab ekilish mumkin. Biz yog‘och olib, tayyor mahsulot qilib sotishni reja qilganimiz. Shuning uchun nihollarni oralari ancha ochiq. Bu o‘simlik haqiqatan ko‘plab noyob xususiyatlarga ega bo‘lib, uning yog‘ochi yengil va zichligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turar ekan. Uning barglari juda katta bo‘lib, qish mavsumidan oldin yig‘ib quritilganida chorva mollarga to‘yimli ozuqa bo‘ladi. Bundan tashqari, daraxt bargi hamda shox-shabbalaridan to‘plangan chiqindidan ko‘p miqdorda bioyoqilg‘i ham olish mumkin, – deydi Darmon Qurbonov.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.